23 fevral kuni YUNISEF tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati uchun 17 ta muzlatkichli yuk mashinasi va 206 ta Miniven-Labo avtomobillarитопширилgaн edi.

Mashinalarning umumiy qiymati 2 mln dollarni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyansi (GAVI) tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini mukamallashtirish doirasida ajratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu transport vositalaridan bir nechtasi YTHga uchragani aks etgan videotasvirlar tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha IIV YHXBB axborot xizmatiмуносабатбилдирди. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea soat 11:30 larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida sodir bo‘lgan.

«Changan» rusumli avtomobillar SSV tomonidan hududiy boshqarmalarga foydalanish uchun olib ketilayotgan bo‘lgan. Kolonnada harakatlanayotgan vaqtda haydovchilardan biri keskin tormoz bosgan va oqibatda uning ortidagi 6 ta avtomobil ham keskin tormozlanishi yuzaga kelgan.

Hodisa natijasida 2 ta avtomobil texnik shikastlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda surishtiruv olib borilayotgani va hodisa sababiga oydinlik kiritilayotgani aytildi.

«Gazeta.uz» ga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot xizmati mashinalarda vaksinalar bo‘lmaganini ma’lum qildi. Taqdimot marosimidan so‘ng mashinalar hududlarga yo‘l olgan edi.

YUNISEF vakolatxonasining ta’kidlashicha, mashinalar hukumatga topshirilganligi sababli, fondda voqea to‘g‘risida batafsil ma’lumot yo‘q. «Ammo shunisi ma’lumki, sovg‘a qilingan 223 ta transport vositalarining oz miqdori YTHga uchragan va mashinalarga yetkazilgan zararni qoplash mumkin. Sovg‘a qilingan transport vositalari „vaksinalarning adolatli taqsimotini ta’minlashda“ katta rol o‘ynashiga ishonch bildiradi», — deya ta’kidladi fond.