Rospotebnadzor dunyo bo‘ylab ilk bor H5N8 parranda grippi bilan zararlangan insonni aniqladi. Xabar berilishicha, virus hozircha insondan insonga yuqmaydi.

Olimlar 2020 yil dekabrida mamlakat janubida parranda grippi tarqalayotgani qayd etilgach, u yerdagi zavodda faoliyat olib borayotgan yetti nafar ishchidan kasallikning genetik materialini ajratib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Odamlar va hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha choralar qisqa vaqt ichida amalga oshirildi, bu esa infeksiya tarqalishini to‘xtatish imkonini berdi.

Rospotrebnadzor rahbari, shuningdek, virusni odamdan odamga yuqishining iloji yo‘qligini ta’kidladi, ammo virusda mutatsiya sodir bo‘lishi mumkin.

Yevropa kasalliklarning oldini olish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Daniya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlaridagi parrandalarda H5N8 infeksiyalari kuzatilgan. Ushbu holatlarning aksariyati yovvoyi qushlar populyatsiyasida bo‘lgan, ammo uyda boqiladigan va saqlanadigan qushlarda ham bir nechta holat qayd etilgan.

TASS xabariga ko‘ra, JSST allaqachon Rossiyadan turli xil parranda grippi yuqtirganligi to‘g‘risida xabar olgan. Hozirda JSST mutaxassislari yangi shtammning tarqalish xavfini baholashmoqda.