SFI Management Group va O‘zbekiston hukumati «O‘zmetkombinat», «OKMK» va «O‘zikkilamchiranglimetall» korxonalaridagi davlat aksiyalar paketini ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi shartnomalarni bekor qilish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Bayonotga ko‘ra, 2017 yildan boshlab, O‘zbekistonda «davlat-xususiy sheriklik sohasida birinchilardan bo‘lgan SFI Management Group XK MCHJ metallurgiya korxonalarining ustav kapitalidagi davlat ulushining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb qilingan».

«2017 yilda kompaniya «O‘zmetkombinat» korxonasini, 2018 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari va «O‘zikkilamchiranglimetall» zavodini boshqarishni boshladi.

Kompaniya qisqa vaqt ichida «yuqoridagi korxonalarning inqiroz bo‘yicha menejeri sifatida ish olib borganligini» qayd etadi. Bu esa «ularning foydalanilmagan potensialidan foydalanish, mavjud quvvatlarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish orqali ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish, barcha ko‘rsatkichlarni oshirish, yangi ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini berganligi» aytiladi.

Masalan, OKMK boshqa moliyaviy tashabbuslar qatori zavodning xalqaro kapital bozorlariga (bondlar, IPO/SPO) chiqishiga imkon beradigan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq moliyaviy hisobotga o‘tmoqda.

«Mis ishlab chiqarishning 2020 yildagi o‘sish sur’ati 2018 yilga nisbatan 126%, rux — 117 foiz, oltin — 114 foiz, kumush — 164 foizni tashkil etdi. Daromad 204 foizga o‘sdi, kompaniyaning sof foydasining o‘sishi esa 225 foizni tashkil qildi. Shu bilan birga, 2020 yilda soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha byudjetga to‘lovlar dinamikasi 2018 yilga nisbatan 222 foizga o‘sdi va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar 510 foizni tashkil etdi», — deyiladi xabarda.

O‘zmetkombinat MHXSga muvofiq tuzilgan uch yillik moliyaviy hisobotning to‘liq auditini o‘tkazdi. Prokat metall ishlab chiqarish yiliga 1 mln tonnadan oshdi, bu ko‘rsatkich 2017 yilgacha yiliga 700 ming tonnadan oshmas edi.

O‘zikkilamchiranglimetalda ham ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshdi. 2020 yilda mis qotishmalarini qayta ishlashning o‘sish sur’ati 2018 yilga nisbatan 218 foiz, alyuminiy qotishmalari — 120 foiz, qo‘rg‘oshin qotishmalari — 149 foizni tashkil etdi. Daromad 161 foizga o‘sdi, kompaniyaning sof foydasi esa 220 foizga o‘sdi, deyiladi hisobotda. Shu bilan birga, 2020 yilda soliqlar va majburiy to‘lovlar uchun byudjetga to‘lovlar dinamikasi 2018 yilga nisbatan 126 foizga, davlat ulushi bo‘yicha dividendlar esa 300 foizga o‘sganligini ko‘rsatdi.

SFI Management Group «hukumatning unga bo‘lgan ishonchini oqlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirdi», deb hisoblaydi.

SFI Management Group haqida

SFI Management Group O‘zbekistonda 2017 yil 26 yanvarda ro‘yxatdan o‘tgan. Boshlig‘i Ulug‘bek Muxamedov, asoschisi esa Allied Capital Holding Sa (Shveysariya) kompaniyasi.

Spot 2018 yil avgust oyida kompaniya Alisher Usmonov ko‘magida O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirok etgani haqida xabar qilgan edi. Keyinchalik tadbirkorning o‘zi SFI milliarder Fattox Shodiyevning akasi (Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimida qatnashgan Kobul Shodiyev) oilasiga tegishli ekanligini aytdi.

Hozirda kompaniya veb-saytida O‘zbekistondagi ikkita loyiha — «Paxtakor» futbol klubi va Toshkent metallurgiya zavodi ro‘yxati keltirilgan.