Toshkent metropoliteni «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi. Bu haqda tegishli qonun hujjati regulation.gov.uz portalida xalq muhokamasiga qo‘yildi.

Shuningdek, qonun loyihasida Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi negizida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasini tashkil etish belgilangan.

Qonun hujjati muhokamasi 4 martgacha davom etadi. Ungacha hujjatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Metropoliten birinchi bor O‘zbekiston temir yo‘llari tarkibiga 1997 yil kirgan bo‘lib 24 yil davomida uning nazorati ostida ishlagan.