Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist, bloger, OAV xodimlari, jamoat transporti xodimlari (metropoliten, temir yo‘l, aeroport xodimlari), chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar, mehnat migrantlari ham ketma-ketlikda, bepul emlanadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

«Global jamg‘arma tomonidan olib kelinadigan vaksinalar bepul. O‘zbekiston o‘zi ishlab chiqaradigan va sotib oladigan vaksinalar xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamiga bepul asosda amalga oshirilishi bo‘yicha hukumat rahbarining topshirig‘i bor. Yuqorida sanalgan xavf osti guruhiga mansub aholi bepul emlanadi», — deya ma’lum qildi Nurmat Otabekov.