Mashhur sovet va rus aktyori Andrey Myagkov 82 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi RIA Novosti.

U 1965 yilda Moskva badiiy teatr maktabini tugatgan. Keyinchalik «Sovremennik» teatrida faoliyat olib borgan va 1977 yilda Chexov nomidagi Moskva badiiy teatriga ishga kirgan.

Andrey Myagkov «Aka-uka Karamazovlar», «Taqdir hazili», «Ishdagi ishq» kabi filmlardagi rollari bilan ommaga tanilgan.