Xalqaro shaxmat federatsiyasi, ya’ni FIDE fevral oyi uchun o‘zining yangi reyting jadvalini e’lon qildi.

FIDE o‘smirlar reytingida ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi kuchli o‘ntalikdan joy olishdi:

  • Nodirbek Abdusattorov (reytingda 4-o‘rinni egallab turibdi)
  • Nodirbek Yoqubboyevdir (8-o‘rin).

Foto: fide.com

O‘smirlar reytingini asli eronlik, ammo hozirda xalqaro musobaqalarda FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etayotgan Alirizo Feruziy boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikdan Rossiya terma jamoasi a’zosi Andrey Yesipenko hamda yana bir Eron shaxmat maktabi vakili Muhammadamin Tabatabay o‘rin olgan.

Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar TOP-30'ga kiritilgan. Dunyodagi eng yosh grossmeysterlardan biri Javohir Sindorov 26-pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov 30-o‘rinni egallab turibdi.