12 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda eshaklarning suyuklari aks etgan videotasvir tarqaldi. So‘yilgan eshak suyaklari 3 ta maydonga tashlanib, ularning bittasida 55 ta eshakning qovurg‘alari borligi aniqlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Eshak suyaklari yanvar oyidan buyon 3 marotaba olib kelib tashlangani aytilmoqda.

Eshaklar tajribali qassob tomonidan so‘yilgani va qovurg‘a suyaklaridan go‘shtlar silliq ajratib olingani aytilmoqda. Qabristonda eshaklarning qovurg‘a suyaklaridan tashqari kallasini, quloqlarini ko‘rish mumkin.

Ellikqal’a tumanidagi barcha go‘sht do‘konlarida tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Aholi o‘rtasida surishtiruv ishlari olib borilib, hozircha eshaklar nima maqsadda so‘yilganligi bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tumandagi go‘sht do‘konlarida asosan qora mol go‘shti sotilishini, qora mollar esa «Ellikqal’a» OFY hududidagi kushxonada so‘yilishi xaqida ma’lum qildi.

Kushxona va tumandagi go‘sht do‘konlarida sotilayotgan go‘shtlarning yaroqlilik ma’lumotnomasi va go‘shtga qo‘yilgan kleymolari mavjud ekanligi o‘rganilmoqda.

Hodisa yuzasidan tuman hokimligi, prokuraturasi va IIBga ham murojaat qilingan.