Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonning hissasi va ca’y-harakatlarini inobatga olib, ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishilgani bildirildi, deya xabar berdi O‘zA.

Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan mazkur vaksinani O‘zbekistonda mahalliylashtirish maqsadida, laboratoriya hamda texnik va ishlab chiqarish quvvatlarini inobatga olib, Jurabek Laboratories MCHJ qo‘shma korxonasi tanlandi.

COVID-19'ga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini tashkillashtirish maqsadida ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan 1 mln doza xarid qilish va O‘zbekiston aholisini ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash tadbirlariga yo‘naltirish masalalasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga muhokamaga kiritish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.