16 fevral kuni soat 22:45larda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi «Maqsad» kafesi qarshisida haydovchi R.R. (1986 y. t.) «BMW» rusumli avtomobilda yo‘l chetida to‘xtab turgan «Isuzu» rusumli yuk avtomobiliga borib urilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

To‘qnashuv natijasida, «BMW» haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu avtomobil yo‘lovchilari, B.K. (1990 y.t.) shifoxonaga olib ketilayotganda, V.E. (1994 y.t.) hodisa joyida vafot etgan.

YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Video