O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina aholining xavf ostidagi qatlamiga berilishi haqida aytilgan edi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassisi Vazira Mutalovaning ma’lum qilishicha, respublika bo‘ylab ularning soni 4 mln 112 ming 668 nafarni tashkil etadi.

Ular:

  • 65−74 yoshgacha bo‘lgan qariyalar 1 mln 85 ming 797 nafar;
  • 75 yoshdan 84 yoshgacha bo‘lgan keksalar 388 ming 686 nafar;
  • 85 yosh va undan yuqori keksalar 139 ming 280 nafar;
  • Tibbiyot xodimlari 447 ming 976 nafar;
  • Surunkali kasalliklari bor aholi (18−65 yosh) 888 190 nafar;
  • Maktab o‘qituvchilari 689 ming 383 nafar;
  • Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari 223 ming 426 nafar;
  • Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari 180 ming nafar.

Ular o‘zlari joylashgan hududlardagi tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan emlash xonalarida emlanadi.

Eslati o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanishi haqiada xabar bergan edik.