O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash punktlarida bir kuni o‘zida 70 nafar fuqaro emlanadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov xabar berdi.

«Koronavirusga qarshi emlangan shaxslar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan, emlangandan so‘ng 30 daqiqa davomida, keyinchalik 3 kun davomida uyiga tashrif buyurish yo‘li bilan muntazam surishtirib boriladi, ularning sog‘lig‘i ko‘zdan kechirilib, 64/x hujjat bilan rasmiylashtiriladi» — dedi u.

Markazdan va aholi yashash punktlaridan uzoqda joylashgan hududlar aholisini koronavirusga qarshi emlashni amalga oshirish maqsadida borish uchun qulay, yaqin bo‘lgan oilaviy shifokor punkti filiallarida ham vaqtinchalik emlash punktlari tashkil qilinadi.

Harakatdagi brigada-vrach, vaksinator va dublyorlardan iborat guruhlar faoliyati tashkil etilib, ular zarur avtotransport vositalari bilan taminlanadi, deyiladi bayonotda.