17 fevral kunidan talabalarga Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti orqali harakatlanishlariga ruxsat berildi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib, Zarnews.uz xabar bermoqda.

Pandemiya sababli talabalar Tojikistonga faqatgina «Sariosiyo», «Oybek» va «Plotina» chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishi mumkin bo‘lgan.

Post orqali hozirga qadar faqat Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishlari uchun xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari hamda talabalar harakatlanishi belgilangan edi.