Prezidentining 2021 yil 16 fevraldagi qaroriga asosan bojxona xizmati polkovnigi Ilxom Muxtorov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovdan avval Ilxom Muxtorov Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelgan.