Toshkent shahar hokimligi bir qator muammolar, jumladan, shahar infratuzilmasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish kabi masalalar bo‘yicha murojaatlarni qabul qiluvchi Xalq nazorati nomli xizmatni ishga tushirilganligini e’lon qildi.

Xizmatdan foydalanish uchun unga telefon raqamni kiritgan va pasport skanini yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi. Murojaatnoma yo‘llash uch bosqichda: muammo turini tanlash, uni ta’riflash va manzilni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Ariza to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas’ul ijrochiga yuboriladi. Foydalanuvchilar ijrochi bilan saytdagi chat orqali bog‘lanishlari va muammoni bartaraf etish natijalariga ko‘ra xizmatini baxolashlari mumkin.

Mobil ilovalar Android i iOS platformalari uchun ham mavjud.