Turkiyaning Milliy razvedka tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiyada muxolifatchi Fathulloh Gulen tashkilotining (FETO) a’zolari Gurbuz Sevilay va Tamer Avji qo‘lga olinib, Turkiyaga olib kelindi. Bu haqda Daryo nashri Haberler ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Iroq va Suriyadagi terrorchi tashkilotlarni o‘q-dori, raketa, antidron, radar tizimi kabi uskunalar bilan ta’minlashda qatnashgani aytilmoqda.

Turkiya mudofaa sanoatida faoliyat yuritib kelgan Gurbuz Sevilay 2016 yilgi davlat to‘ntarishidan keyin lavozimidan ozod qilingan.

Aniqlanishicha, Sevilay O‘zbekistondan turib FETO a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatib kelgan.

Tamer Avji esa tashkilotga yangi a’zolar topish va ularni joylashtirish bilan shug‘ullangan, deyiladi xabarda.