SpaceX kompaniyasi Yer yuzini internet bilan ta’minlash maqsadida Starlink sun’iy yo‘ldoshlari tizimini kosmosga uchirishda davom etmoqda. Dushanba kuni kompaniya Falcon 9 raketasi yordamida 60 ta ushbu turdagi sputniklarni fazoga uchirdi, deya xabar berdi RIA Novosti.

SpaceX bundan avval 4 fevral kuni 60 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini uchirgan edi. O‘sha paytga qadar Yer orbitasiga 1023 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlari olib chiqilgan.

Kompaniya ushbu loyihani 2018 yil fevralida boshlagan. Tizimni ishga tushirish uchun birinchi bosqichda 12 mingta sun’iy yo‘ldosh olib chiqilishi va ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Kompaniya foydalanuvchilar uchun 50 dan 150 Mb/s gacha tezlikdagi internetni va’da qilmoqda.