Bosh prokuratura departamenti va DXX xodimlari tomonidan tadbirkorga o‘rmon xo‘jaligi hisobidagi yerdan olib berishni va’da qilgan Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligi mas’uli qo‘lga olindi. Bu haqda “Gazeta.uz"ga Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligida bo‘lim boshlig‘i F.X. jamiyatlardan birining ish boshqaruvchisini o‘rmon xo‘jaligi hududidan uzoq muddatli ijara shartnomasini tuzish orqali 50 gektar yer ajratib berishiga ishontirgan.

Buning evaziga esa 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.