Makro elektromobillar bekatlarining O‘zbekistondagi birinchi tarmog‘ini quradi. Bu haqda ISN Magazine ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar bermoqda.

Kompaniya ushbu tarmoqni o‘tgan yili elektromobillar uchun Toshkentdagi Makro Ecopark avtoturargohida multiraz’yomli birinchi bekatning muvaffaqiyatidan so‘ng barpo etishga qaror qildi.

Makro AC, CCS va CHAdeMO larning 30 ta quvvatlantirish bekatlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Birinchi bosqichda 20 ta, ikkinchisida 10 ta bekat yetkazlishi kutilmoqda. Ularning barchasi nafaqat Toshkent, balki boshqa shaharlarda ham ushbu tarmoq supermarketlarida joylashgan bo‘ladi.

«Biz mamlakatda elektr transport vositalari uchun quvvatlantirish bekatini o‘rnatgan birinchi chakana savdo korxonasi ekanligimizdan faxrlanamiz va tarmoqni kengaytirish bu navbatdagi mantiqiy qadamdir», — dedi Makro bosh direktori Roman Sayfulin.