Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 11 919 tani tashkil qiladi. Shulardan 5724 tasi qo‘shma korxona va 6195 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.

2021 yilning 1 fevral holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:

  • Sanoat — 3981 ta;
  • Savdo — 3148 ta;
  • Qurilish — 966 ta;
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 690 ta;
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 507 ta;
  • Tashish va saqlash — 322 ta;
  • Axborot va aloqa — 321 ta;
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish — 174 ta.