Do‘stlik tumani Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shavkat Darvishev tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hoimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan avval, Shavkat Darvishev viloyat Moliya bosh boshqarmasi rahbari vazifasida faoliyat yuritgan.

Do‘stlik tumani sobiq hokimi U. Uzoqov Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlangan edi.