Xitoyning Vuxan shahrida koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun JSST mutaxassislari tadqiqot olib borishdi, deya xabar berdi CNN.

Mutaxassislar koronavirus dekabrdan oldinroq tarqala boshlaganini taxmin qilishmoqda. Xabarga ko‘ra, Xitoy hukumati Vuxan shahrida SARS-COV-2 virusining aniqlanganini e’lon qilishidan ikki oy oldin shaharda 90 ga yaqin o‘xshash asoratlarga ega inson shifoxonaga yotqizilgan.

Biroq ularda infeksiya izlari topilmagan. Shunday bo‘lsa-da mutaxassislar ularning infeksiya yuqtirgan bo‘lishlari mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Mutaxassislar Vuxandagi tadqiqotlar davomida SARS-COV-2'ning 13 ta ehtimoliy turini aniqlashgan.