BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan para-yengil atletika bo‘yicha Gran-pri musobaqasida O‘zbekiston sportchilari 24 ta medalni qo‘lga kiritib, umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Musobaqa ro‘yxatida birinchi o‘rinni 39 ta medal — 14 ta oltin, 13 kumush va 12 ta bronza bilan Tailand terma jamoasi egalladi. O‘zbekiston terma jamoasi esa 13 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinni jami 23 ta medalga — 11 ta oltin, 6 ta kumush va 6 bronzaga ega chiqqan Hindiston terma jamoasi egalladi.

Bu bilan terma jamoa vakillari 24 avgust−5 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari uchun muhim bo‘lgan reyting ochkolarini jamg‘arib olishdi.