JSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19'ning og‘ir ko‘rinishini boshdan o‘tkazgan bemorlar 3−6 oygacha o‘zini yomon his qilishlari mumkin. Bunday uzoq muddatga cho‘zilgan kasallanish jarayoni horg‘inlik, holsizlik yoki fikrlash qobiliyati, hotira kabi kognitiv vazifalarning susayishiga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, bu sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

JSST rahbarining o‘rinbosari Sumiya Svaminatanning ta’kidlashicha, koronavirusning bir turini boshdan o‘tkazgan insonlarda keyinchalik virusning boshqa bir turi bilan yana kasallanish holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, JSST mutaxassislarining ta’kidlashicha, vaksina bilan emlangan insonlar ham ehtiyot choralarini ko‘rishda, jumladan niqob taqish, masofa saqlash va gigiyenaga rioya qilishda davom etishlari kerak. Bunda ular hali vaksinalar infeksiya yuqishidan yetarlicha himoya qila olishiga to‘liq amin emasliklarini ta’kidlashmoqda.