Abduhalim Xolmaxmatov O‘zbekiston prezidenti xalq qabulxonasining Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari etib tayinlandi, deya xabar qildi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Faoliyati davomida Abduhalim Xolmaxmatov prokuratura va sud-huquq tizimida bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan. Lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevral kuni Abduhalim Xolmaxmatov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan ishdan bo‘shatilgani, uning o‘rniga Bahriddin Valiyev bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar qilgan edik.