Xitoy hukumati JSST mutaxassislariga Vuxan shahrida 2019 yil dekabrda aniqlangan ilk 174 nafar COVID-19 bemorlari haqida ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortdi, deya xabar berdi The Wall Street Journal.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSST ekspertlari koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun Vuxan shahriga yetib borishgani haqida xabar bergan edik.

Buning o‘rniga, mutaxassislarga faqat xitoylik olimlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini taqdim etgan. Bu holat esa virusning qachon va qanday tarqalgani, shuningdek, uning dastlabki bosqichlari qanday kechganini o‘rganishda imkon bermasligi aytilmoqda.