Prezident qarori bilan Najmiddin Sadirovich To‘raxodjayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yaxyojon Artikboyevich Abdulxakov esa ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Mazkur lavozim hozirga qadar vakant bo‘lgan.

Foto: Tergov departamenti.

Abdulxakov tayinlovga qadar 2019 yilning noyabridan buyon Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.