Shavkat Mirziyoyev chorshanba kungi videoselektor yig‘ilishida vazirlarning yangi ish tartibini ma’lum qildi. Vazirlar ish kunlarini Toshkentda emas, viloyatlarda o‘tkazishi kerak bo‘ladi, deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

«Vazirlar dushanba kuni bosh vazir bilan yig‘ilish o‘tkazib, hisobotlarini beradi, xafta uchun ish rejasini tuzib oladi va viloyatlarga ketadi… Vazirlar faqat shanba va yakshanba kunlari Toshkentda bo‘lishadi. Yakshanba kuni uyda bo‘ladi, yaxshilab dam olib, bola va nevaralarni o‘qitib, dushanbadan yana hududlarga ketishadi. Agar hafta o‘rtasida birorta vazirni Toshkentda ko‘rsam, ishdan olaman», — dedi davlat rahbari.

«Vazir respublikaga xizmat qiladi, Toshkentni qorovullab o‘tirmaydi», — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Oldinroq «Gazeta.uz» prezident Davlat dasturi punktlarini bajarmagan davlat organlari rahbarlari ishdan olinishini aytganligi haqida xabar bergan edi.