Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev chorshanba kuni prezident raisligida o‘tgan videoselektordan so‘ng, qisqa muhokama o‘tkazdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, unda Mirzayev Qashqadaryoda faoliyat yurituvchi 15 nafar hokim va ularning o‘rinbosarlariga yangi xizmat avtomobili sotib olishni taqiqlagan.

«Koson tumani hokimi va viloyat hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Bahrom Yusupovga ruxsat berganmiz, — dedi viloyat hokimi. — Uning o‘rniga aholiga foydasi tegadigan biror ish qilaylik. Faqat, zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, viloyat sessiyasida tasdiqlansagina, ruxsat beramiz».