Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusdan tuzalganlar soni 60 mln 120 mingdan oshdi.

Ayni damda dunyoda COVID-19 yuqtirganlar soni 107,4 milliondan oshgan, 2,35 mln inson koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

Eng ko‘p zararlanganlar AQSH (27,3 mln), Hindiston (10,8 mln), Braziliya (9,6 mln) mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq COVID-19 bilan kasallanganlar soni 100 milliondan oshgani haqida xabar bergan edik.

Shu bilan birga, dunyo miqyosida koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayoni tezlashmoqda. JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus emlanganlar soni kasallik yuqtirganlar sonidan oshganini qayd etgan edi.

«Jahon miqyosida emlanganlar soni infeksiya yuqtirganlar (qayd etilganlari) sonidan oshib ketdi», — dedi u.