Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, «Yermulkkadastr» Bag‘dod tuman filiali sobiq mutaxassisi V.N. fuqaro M.B.ga tuman kadastr bo‘limida ishlashini aytib, uning ishonchiga kirgan. U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirish uchun tuman hududidan 8 gektar yer maydoni ajratish haqida qaror chiqartirib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga esa 8 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida u ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushadi.

Holat yuzasidan fuqaro V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.