Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarurligini ta’kidladi, deya xabar berdi yig‘ilishda ishtirok etayotgan «Gazeta.uz» muxbiri.

U U sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev va uning o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyevga bir oy muddatda birinchi navbatda emlanishi zarur bo‘lgan aholi toifasini belgilab, ularning elektron ro‘yxatini shakllantirishni topshirdi.

Shuningdek, Abduhakim Xadjibayev va Bahodir Yusupaliyevga viloyat hokimlari bilan birga, oilaviy poliklinika va qishloq shifokorlik punktlaridagi 3 mingdan ziyod emlash bo‘limlari shayligini ta’minlashdan tashqari, yana qo‘shimcha 800 ta mobil brigada tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Joriy yilda To‘ychiyev, Xadjibayev va uning o‘rinbosarlari faoliyatiga Sirdaryo viloyatining 26 ta tuman (shahar)larida oilaviy shifokorlik, „elektron poliklinika“ тизимларини joriy etish natijasiga qarab baho beriladi», — dedi prezident.