2021-yilgi davlat dasturida 31 ta yangi maktab qurish hamda 320 ta maktabni ta’mirlash belgilangan. Yangi maktablarni qurish, mavjudlarini ta’mirlashga jami 2 trln 50 mlrd so‘m ajratish reja qilingan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

Bundan tashqari, Andijon, Nurafshon, Guliston, Navoiy va Termiz shaharlarida Prezident maktablari qurilishiga 200 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

16 ta OTM binolari yangidan quriladi va 19 tasi ta’mirlanadi. Ushbu maqsadlarga 700 mlrd so‘m ajratilmoqda. Yana 900 mlrd so‘m 22 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini yangidan qurish va 203 tasini ta’mirlashga sarflanadi.

24 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlari yangidan quriladi. Mavjud 99 tasi esa ta’mirlanadi. Bu jami 1,4 trln so‘m evaziga amalga oshiriladi. Sport obyektlaridan 23 tasi yangi quriladi, 34 tasi esa ta’mirlanadi. Bunga sarflanadigan mablag‘ 400 mlrd so‘m etib belgilangan.

Mazkur ishlar ijrosi yil davomida tegishli vazirliklar tomonidan ta’minlanishi qayd etilgan.