Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori — moliya vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. Buni Moliya vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

G‘olib Xoljigitov Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001 yilda boshlagan. 2004−2011 yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori, 2016−2018 yillarda UBS Global Wealth Management korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirish xizmatlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSH) sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yildan 2019 yilgacha G‘olib Xoljigitov Bank of America Merril Lynch korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari bo‘yicha loyihalar menejeri (AQSH) lavozimida ishlagan.

2019 yilda moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi.