1 martdan boshlab O‘zbekistonga hududiga kirgan kundan 10 kun muddatga Bahrayn Qirolligi, Qatar, Quvayt, Ummon Sultonligi va XXR, shu jumladan Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilmoqda.

Bu haqda prezidentning 9 fevraldagi «O‘zbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi фармонида keltirilgan.

O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishga o‘zining yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan holatdagina ruxsat etiladi.

Bunga qadar, 2020 yilning 1 yanvaridan Xitoy, Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekistonda 7 kun mobaynida vizasiz yurishga ruxsat etilgan edi.