Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘rtta bandlik agentligining litsenziyasi tegishli sud va litsenziyalovchi organlarning qarorlari bilan bekor qilingani, yana uchta agentlikning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Litsenziyasi bekor qilingan agentliklar:

  • Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 25 yanvardagi qarori bilan «Full employment xususiy bandlik agentligi» MCHJning 2019 yilda olgan litsenziyasi;
  • Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 25 yanvardagi qarori bilan «DAWAMLI SATLI IS XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI» MCHJning 2020 yilda qo‘lga kiritgan litsenziyasi;
  • Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 7 yanvardagi «Profit4you Europe xususiy bandlik agentligi» MCHJ XKning 2020 yilda berilgan litsenziyasi;
  • Litsenziyalovchi organning 2021 yil 29 yanvardagi qarori bilan «Vodiy HR xususiy bandlik agentligi» MCHJning 2019 yilda olgan litsenziyasi bekor qilindi.

Litsenziyasi vaqtincha to‘xtatilgan agentliklar:

  • Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 7 yanvardagi qaroriga asosan «Kontinent himoya xususiy bandlik agentligi» MCHJning litsenziyasi;
  • Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 25 yanvardagi qarori bilan «Xususiy bandlik agentligi manpower» MCHJning litsenziyasi;
  • Andijon tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 29 yanvardagi qaroriga asosan «Bek jobs xususiy bandlik agentligi» MCHJning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi.

Litsenziyalarning amal qilinishi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi depozit hisob raqamida BHMning 8500 baravari (2 mlrd 82 mln 500 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘larni zaxira qilingunga qadar to‘xtatildi.