6−8 fevral kunlari Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari O‘zbekiston hududiga kirib keladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

6−7 fevralda respublikada shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 22−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

7−8 fevralda respublikada yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi.

7−8 fevralda havo harorati kechalari 3−8° iliq, kunduz kunlari 10−15° iliq atrofida bo‘ladi.