4 fevral kuni Olma Ota shahrida Digital Almaty 2021 forumi oldidan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi, deya xabar berdi Rossiya bosh vaziri matbuot xizmati.

Hukumat rahbarlari prezident Shavkat Mirziyoyevning sanitariya-epidemiologik cheklovlar tufayli mart-aprel oylariga qoldirilgan Moskva shahriga bo‘ladigan rasmiy tashrifiga tayyorgarlikni muhokama qilishdi.

Shuningdek, uchrashuvda ommaviy vaksinatsiya jarayonidagi o‘zaro hamkorlik qilinayotganligi ta’kidlandi.

Rossiya bosh vaziri koronavirus pandemiyasiga qaramay 2020 yilning 11 oyi davomida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 17% foizga oshganligini, jami 5,3 mlrd dollarni tashkil qilganini qayd etdi. «Prezidentlarimiz o‘z oldilariga ushbu ko‘rsatkichni 10 mlrd gacha oshirishni maqsad qilishgan. O‘ylaymanki, bu borada biz siz bilan qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz», — dedi Mixail Mishustin.