IIV Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan ishga tushirilgan ushbu Call-markazga «1173» qisqa raqam orqali murojaat qilish mumkin. Bu xaqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, Call-markazning asosiy vazifasi sayyohlarning murojaatlarini telefon orqali qabul qilish va ichki ishlar organlari vakolatlari doirasida ularga tezkorlik bilan zaruriy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.

Call-markaz zamonaviy axborot-kommunkatsion texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari IIBlari xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari navbatchilik qismlari bilan bog‘langan.

Mazkur raqamga respublikaning barcha hududlaridan qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Call-markazning o‘zbek, rus va ingliz tillarida 24 soat xizmat ko‘rsatadi.