Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti filiali o‘z faoliyatini Gulistonda 2021−2022 o‘quv yilidan boshlab amalga oshiradi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, filialda bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish jarayoni 3+3 (3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada) tashkil etiladi, bunda 30 foiz talabalar universitet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan grantlar asosida o‘qitiladi.

Qayd etilishicha, nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadigan ushbu filialda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, davlat va ingliz tillarida amalga oshiriladi.

Bundan avval Toshkent shahrida 2021/2022 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydigan «Sankt-Peterburg davlat universiteti» Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.