4 fevral kuni soat 10:00 larda Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari qidiruvdagi shaxsni Oqqo‘rg‘on tumani markaziy tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinika hududida qo‘lga olib, Quyichirchiq tumani IIBga topshirdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

29 yanvar kuni soat 2013 yilda tug‘ilgan, 1 sinf o‘quvchisi S.A. maktabdan chiqqanda uning yoniga noma’lum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan. Unga shirinlik olib berishini aytib, qo‘lidagi maktab sumkasini olib, birgalikda Samarqand ko‘chasi bo‘ylab harakatlangani xaqida xabar bergan edik.

Milliy gvardiya xabarida aytilishicha, vokzal ko‘chasida joylashgan kabobxona ishchisi fuqaro Abdulaziz Abidov yosh qizchaning yig‘lab qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan, qo‘lidan yetaklab ketayotgan erkak kishiga e’tibor qaratib, ular tomon yugurib borgan. Buni ko‘rgan noma’lum shaxs qizchani qoldirib qochib ketgan.

Fuqaro Abdulaziz Abidov qizaloqni sog‘-salomat ta’lim olayotgan maktabiga yetkazib, sinf rahbariga topshirgan. Mazkur holat yuzasidan no’malum shaxsga nisbatan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Surishtiruv ishlari mobaynida ushbu shaxs Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi, 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi bilan sudlangan, fuqaro X.T. (1987 y.t.) ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.