Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari safar davomida qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, to‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishishi, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirishi rejalashtirilgan.

Davlat rahbari bundan oldin Farg‘ona viloyatiga 2020 yil iyunda kelgan edi.