Prezidentning 3 fevraldagi farmoni bilan Shuxrat Xaldarovich Atabayev prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 2018 yil 14 noyabrdan hozirga qadar Ipoteka-banki boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Atabayev 1978 yilda tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2005 yilda Yaponiyaning Siyosiy fanlar milliy institutini, 2010 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1995 yil Navoiy viloyatidagi 14-o‘rta maktabda ingliz tili o‘qituvchiligidan boshlagan. 2014−2015 yillarda Markaziy bank Moliya iqtisod departamenti direktori, 2015−2017 yillarda Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

2017 yil iyunidan 2018 yil 14 noyabriga qadar Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.