Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida fuqaro D.M. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.X.ni Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirmoqchi bo‘lib, undan 4 000 AQSH dollari so‘ragani aniqlandi, deya «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fuqaro so‘ralgan mablag‘dan 1 400 AQSH dollarini olib, qolgan 8,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan D.M.ga nisbatan JK 168-moddasi 2-qismi (ko‘p miqdorda firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval, Qarshi shahrida 4 500 AQSH dollari evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlangani haqida xabar bergan edik.