Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan 7 ta normativ-huquqiy hujjatga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, unda fuqarolar pasporti bilan bir qatorda identifikatsiya ID-kartadan foydalangan holda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligi belgilandi. Bu haqda tegishli Markaziy bank boshqaruvining qarori qabul qilindi, deya xabar berdi regulyator matbuot xizmati.

«Mazkur o‘zgartirishlar bank va mijoz o‘rtasida shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini taqdim etish bilan bog‘liq tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Milliy pasportlarning o‘rnini egallayotgan ID-kartalarni berish 4 yanvardan boshlandi.

O‘tgan yilning noyabr oyida banklarga haydovchilik guvohnomasi orqali mijozlar shaxsini tasdiqlashga ruxsat berilgandi. Guvohnoma shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjatiga 2017 yil iyunda tenglashtirilgan edi.