Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda qarsildoq sneklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Mikroto‘lqinli pechda kartoshkali chipslar tayyorlash


Uyda tayyorlangan chipslar hech qanday qo‘shimchalarsiz 100 foiz tabiiy mahsulot. Bunday chipslar juda mazali bo‘lib, ularni qo‘rqmasdan bolalarga ham bersangiz bo‘ladi.

Olmadan chipslar tayyorlash


Tabiiy, past kaloriyali, mazali olmali chipslar — mazali va foydali yegulik tarafdorlari uchun ajoyib topilma. 20 daqiqa ichida tayyorlanadigan bunday chipslarni albatta tayyorlab ko‘ring.

Lavash va pishloqdan qilingan chipslar


Tez tayyorlanadigan, shu bilan birga mazali gazak tayyorlashni istaysizmi? Unday bo‘lsa lavash va pishloqdan ajoyib chipslar tayyorlab ko‘ring.

Pomidor-rayhonli krekerlar


Pomidor va rayhon uyg‘unligidan hosil bo‘lgan ta’m hech kimni befarq qoldirmasligi sir emas. Bunday krekerlarni pishirayotganda undan taraladigan hid esa sizni xuddi Italiyaga eltgandek bo‘ladi.

Uyda tayyorlangan sarimsoqpiyozli suxariklar


Bunday suxariklardan gazak sifatida, shuningdek salat va suyuq taomlarga qo‘shimcha sifatida foydalanish mumkin.

Gaz pechida pishirilgan mazali no‘xat


Gaz pechida tobida qizarib pishgan no‘xatlar sizga yoqishi aniq. Har xil ziravorlar solib, har safar yangicha ta’mlarga ega bo‘lishingiz mimkin.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15