Nurafshon shahrida Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bosh vaziri Abdulla Aripov hamda prezident Adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov qatnashmoqda.

Sessiya vaqtida Ulug‘bek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 2018 yilning aprelidan to shu kungacha Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Unga qadar esa 2016 yilning dekabridan 2017 yilning oktyabrigacha Jizzax viloyati hokimi bo‘lgan.

Avvalroq, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ishdan olingani, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.