10 yanvar kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan qiz Navoiy viloyatidan topildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida P.E. uyiga qaytarildi.

Fuqaro P.E. (2004 y.t.) 2 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga murojaat qilib, uni zo‘rlagan ikki fuqaro ustidan ariza yozgan edi.

13 yanvar kuni gumonlanuvchi shaxslardan biri S.R. o‘zining uyida vafot etganligi aniqlangan.