2021−2022 o‘quv yilidan abituriyentlarga xohlagancha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatini berish taklif etildi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov O‘zA ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bu taklif amalga oshirilsa, abituriyent to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida avvalgidek 5 tagacha emas, balki cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi.

Lekin bunda test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan yo‘nalishlar tanlanishi kerak bo‘ladi. Majid Karimov bu «o‘qishga kirish imkoniyati keskin oshirishini» aytgan.

Shuningdek, DTM direktori «bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi» deya ta’kidladi.