Bugun va ertaga respublikaning barcha hududlariga Eron hududlaridan iliq havo kirib kelishi kuzatiladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Shu kunlarda respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari quyosh havoni 10−15 darajagacha isitadi, kechalari esa 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq atrofida bo‘lgan biroz sovuq saqlanib turadi.

Oyning oxirgi kuni respublikada yomg‘ir yog‘adi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi, buning natijasida bulutlilik zichlanishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati kechalari 2−7 daraja iliq, kunduz kunlari 12−17 daraja iliq, shimolda 0−5 daraja sovuq, kunduz kunlari 4−9 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Shu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4−6 darajaga yuqori bo‘ladi.

29−31 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.